Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda YPXdan qochgan Orlando haydovchisi svetoforda turgan mashinani urib ketdi

Toshkentda YPXdan qochgan Orlando haydovchisi svetoforda turgan mashinani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida YPX mashinasidan qochgan Orlando boshqa mashinaga urilib, ag‘darilib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.

Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 4 iyun kuni soat 02:05 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek—Mustaqillik shohko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan K.U. (2005 yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Orlando hushtak va jezl yordamida to‘xtatilganida, to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan. Haydovchining xatti-harakati xodimlarda shubha uyg‘otgani sababli orqasidan xizmat avtomashinasida kuzatib borilgan.

YPX inspektori haydovchini zararsizlantirish maqsadida, holat bo‘yicha aloqa vositasi orqali keyingi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX inspektoriga xabar bergan. YPX inspektori avtomashinalarni harakatini cheklash maqsadida harakatni yopib turgan vaqtida, Orlando haydovchisi Lacetti to‘xtab turganida, qasddan oraliq masofani saqlamasdan orqa qismiga borib urilgan. Chorrahadagi YPX inspektoriga xavf tug‘dirib qonuniy to‘xtash ishorasiga ham bo‘ysunmasdan, YTH sodir bo‘lgan voqea joyidan qochib ketib, harakatni davom etirgan.

Orlando haydovchisi harakat davomida YPX inspektorlariga bo‘ysunmasdan, svetoforning taqiqlovchi ishoralariga amal qilmasdan harakatlangan va bir necha marta xodimlarning qonuniy to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan va avariyaviy xavfli holat qilib o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti xizmat avtomashinasi yo‘nalishiga xalaqit berib to‘qnashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda YPX mashinasiga jiddiy zarar yetgani, Orlando ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:43 04.06.2023. O'qildi: 2066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!