Toshkentda 9 noyabr kuni “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati barcha tashkilotlar, korxonalar hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi. Fuqarolar daraxtlarni o‘zlari xohlagan joyda — uy hovlisida, korxona hududida yoki hokimlikka murojaat qilib, boshqa tavsiya etilgan maqbul joylarda ekishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, poytaxtning iqlim sharoiti va mavsumiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, yagona ekotizimni saqlash uchun, mutaxassislar daraxtlarning yaxshi ildiz otishi uchun qalamchalar o‘rniga 2 yoshdan katta ko‘chatlarni ekishni va sug‘orish tizimi mavjud joylarni tanlashni tavsiya etadi.
Mintaqada tarixan o‘zini yaxshi ko‘rsatgan manzarali daraxtlarning quyidagi turlariga e’tibor qaratish so‘raldi: chinor lola daraxti lipa katalpa, zarang, qayrag‘och, eman, oq/pushti akasiya.