Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda yangi qurilayotgan 14 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

A A A
Toshkentda yangi qurilayotgan 14 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Mirobod tumanida yangi qurilayotgan 14 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 11 iyul kuni soat 22:29 da Toshkent shahar Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 14-qavatli binoning 14-qavatidagi lift shaxtasida qurigan taxtalar yongan. 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 22:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:54 da o‘rab olingan va 23:06 da o‘chirildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi. 15 kv.m maydon yonib zararlangan.

Kiritildi: 03:12 12.07.2023. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!