Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda yana bir "zamonaviy o‘g‘irlik" jinoyati fosh etildi

Toshkentda yana bir "zamonaviy o‘g‘irlik" jinoyati fosh etildi

Toshkent shahrida yashovchi 61 yoshli fuqaro S.M. ariza bilan murojaat qilib, "noma’lum shaxs" uning bank kartasidan 1.515.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘zlashtirganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, M.A. soxta havola yaratib, uni "onlayn kredit" yoki "moddiy yordam olish uchun bu manzilga bank karta ma’lumotingizni kiriting" mazmunidagi soxta reklamalar bilan, turli kanal va guruhlarda tarqatib, bank karta boshqaruvini berib qo‘ygan fuqarolarning pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

⚖️Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

❗️❗️❗️Hurmatli kanalimiz obunachilari agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!

Kiritildi: 16:59 06.07.2024. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!