Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda xotinini zo‘rlagan erkak IIB xodimini pichoqladi

A A A
Toshkentda xotinini zo‘rlagan erkak IIB xodimini pichoqladi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida 30 mart kuni 24 yoshli erkak uning oilaviy mojarosini o‘rganish uchun kelgan ichki ishlar xodimini pichoqladi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 30 mart kuni soat 14:00 da Sergeli tuman IIB tezkor xodimi B.X.ga fuqaro N.X. murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i M.A. uni zo‘rlagani va nomusiga tekkani haqida ariza bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin bir kun avval Sergelida bir kunga ijaraga olingan kvartirada tunagan va u yerda janjallashib qolgan. Ertasi kuni ayol Sergeli tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

IIB xodimi ariza asosida ayol va uning eri yashaydigan Yunusobod tumani Xushnavo ko‘chasidagi xonadonga borgan. Xonadonda bo‘lgan 24 yoshli M.A. mast holatda xodim B.X.ni xotinining o‘ynashi deb o‘ylab, unga hujum qilgan hamda oshxona pichog‘i bilan uning chap ko‘krak pastki qismi va qorin sohasiga ikki marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 31 mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.A. prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 16:00 03.04.2020. O'qildi: 5054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!