Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda xizmatchi ayolga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan erkak qamaldi

Toshkentda xizmatchi ayolga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan erkak qamaldi

Mazkur holat joriy yilning 22 dekabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumani Qo‘yliq-1 dahasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro erkak H.H. ijtimoiy tarmoq orqali kunlik ishchilar guruhidan ayol M.S.ni raqamini olgan. Unga qo‘ng‘iroq qilib, uy ishlari borligini aytib, uni Mirobod tumani hududiga chaqirgan. Keyin o‘zaro gaplashib, turganlarida ayolga pul evaziga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. Biroq ayol rozi bo‘lmagach, uni quchoqlab rasmga olmoqchi bo‘lgan. Ayol undan qochib IIO xodimlariga habar bergan.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Mirobod tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud majlisida erkak qilmishidan pushaymonligini va oilaviy sharoitini inobatga

olib, unga yengillik berishni so‘rab, ko‘rsatma berdi.

Jabrlanuvchi ayol M.S. sudlanuvchi erkak 3 xonali kvartirani tozalash kerakligini aytib, evaziga 250 ming so‘m berishini aytib, qo‘ng‘iroq qilganini ma’lum qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi erkak H.H. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Erkakka nisbatan mazkur moddalar bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BHMning 1 baravari ya’ni 375 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 11:34 27.12.2024. O'qildi: 1787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!