Asirga olingan birinchi Shimoliy Koreya askari og‘irlashgan jarohatlardan vafot etdi. Bu 27-dekabr, juma kuni sodir bo‘ldi, deb yozadi Yonhap Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreya birinchi qo‘lga olingan Shimoliy Koreya fuqarosining o‘limi haqidagi ma’lumotni “do‘st mamlakat” razvedka ma’lumotlaridan olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u bir kun asirlikda bo‘lgan jarohatlari og‘irlashib juma kuni vafot etgan.
“Biz do‘st mamlakat razvedka tashkiloti orqali 26-dekabr kuni tiriklayin qo‘lga olingan Shimoliy Koreya askarining jarohatlari og‘irlashishidan sal avval vafot etganini tasdiqladik”, — dedi Milliy razvedka xizmati.