Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda voyaga yetmagan qizga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

A A A
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shahvoniy shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Joriy yilning 30 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida huquqbuzarlik sodir etishda gumonlangan J.SH.ga oid sud ishi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, huquqbuzar J.SH. joriy yil 26 noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Tamaraxonim ko‘chasi, 1-uy oldida o‘ziga notanish bo‘lgan qizning orqasidan kuzatib kelib, yon atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, orqa tomonidan, ya’ni bel sohasidan quchoqlab, o‘pishga harakat qilishda ifodalangan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgan.

Shundan so‘ng, voyaga yetmagan jabrlanuvchi A.X. (qiz bola) qarshilik ko‘rsatib, yordamga chaqirganligi natijasida u voqea joyidan qochib ketganligi aniqlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi J.SH. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 11:00 02.12.2024. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!