Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda uka akasini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda uka akasini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida uka akasining ko‘krak qafasi oldi qismiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir marotaba urib qasddan o‘ldirgan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabar tarqatishicha, joriy yilning 24 may kuni soat taxminan 00:30 atrofida 2002 yil 18 iyunda tug‘ilgan O.SH. Mirobod tumanida joylashgan “Oybek” metro bekati atrofida bo‘la turib, o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida akasi 1998 yil 13 aprelda tug‘ilgan O.L.ning ko‘krak qafasi oldi qismiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir marotaba urib qasddan o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning jasadini uning katta akasi A. ismli shaxs shifoxonaga olib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan 2023 yil 24 may kuni JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi ushlangan.

Kiritildi: 15:29 25.05.2023. O'qildi: 1229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!