Biroz avval avtobusda yosh bolaga jinsiy tegajonlik qilinganligi holati nazoratga olinganligi haqida xabar berilgandi.
Ushbu holat bo‘yicha fuqaro X.G‘ ga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyasiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumon qilinuvchi X.G‘ prosessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun: Jinoyat Kodeksining 129-moddasi. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyasiz-buzuq harakatlar qilish 1-qismi bo‘yicha - 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
2-qismi bo‘yicha - 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.