Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda “uchastkovoy” pichoqlandi

Toshkentda “uchastkovoy” pichoqlandi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida "uchastkovoy" pichoqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga Bosh prokuratura axborot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 aprel kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari janjal bo‘layotgan xonadonga borgan.

"Shu payt xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, profilaktika inspektorlaridan birining ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan", deyiladi xabarda.

Tan jarohati olgan profilaktika inspektori shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105 (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Kiritildi: 16:26 17.04.2024. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!