Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda tunda 22 yoshli yigit ayol kishiga tajovuz qildi. Hukm o‘qildi

Toshkentda tunda 22 yoshli yigit ayol kishiga tajovuz qildi. Hukm o‘qildi

Insonni jinoyat ko‘chasiga yetaklovchi unsurlar haqida yaxshi tushunchaga egamiz. Ular, oxir-oqibat, kishini el-yurt oldida sharmandai sharmisor qilishini ham bilamiz. Ammo uning vaqtinchalik tekin topilgan daromaddan sarxushlik holati ancha-muncha iymoniga quloq solmagan ayrim shaxslarni o‘z domiga tortaveradi.

Endigina 22 yoshni qarshilagan Shaxboz Kamalovni (ism shariflar o‘zgartirilgan)  ham shu sarxushlik o‘z domiga tortdi chog‘i. Joriy  yil 4 mart kuni tungi soat 22 da o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida Toshkent shahar Shayxontohur tumani A.Qodiriy ko‘chasi 9-uy oldida jabrlanuvchi Iqbola Salimovaga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, unga tegishli narxi 300.000 so‘mlik ayollar sumkasini, uning ichida bo‘lgan 2.000.000 so‘m pul mablag‘larini talonchilik yo‘li bilan olib qochib ketgan.

Iqbola Salimovaning Toshkent shahar IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Xalqimizda “Ko‘pdan quyon qochib qutilmas”, - degan naql bor. Ushbu naqlning ma’no-mazmuni har qanday murakkab ishni bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zaro kelishib amalga oshirilsa, yengil ko‘chishi, qiyinchilik tug‘dirmasligiga ishora.

Sud, sudlanuvchi va jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini tinglab, dastlabki tergov jarayonida, sudda to‘plangan dalillarni tekshirib va muhokama qilib, jinoyat ishidagi hujjatlarni tahlil qilib, taraflarning muzokaralari, sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, sudlanuvchiga  nisbatan u ayblanayotgan modda sanksiyasi doirasida ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Jinoyat kishilik jamiyatiga nomunosib shunday bir “zamburug‘”ki, inson manfaatlari ustun bo‘lgan har qanday tuzumda unga qarshi ayovsiz kurash olib borilishi ham shundan.

 

Akmal Ergashev,

jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar,

Shayxontoxur tuman sudining sudyasi

Kiritildi: 15:59 20.10.2020. O'qildi: 2748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!