Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda tok urishi oqibatida vafot etgan o‘quvchi o‘qigan maktab direktori va uning o‘rinbosari qamaldi

Toshkentda tok urishi oqibatida vafot etgan o‘quvchi o‘qigan maktab direktori va uning o‘rinbosari qamaldi

2023 yil 27 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99 sonli umumta’lim maktabi 8 sinf o‘quvchisi A.A. maktab hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida tobi qochgan va hushidan ketgan. STEning dastlabki xulosasiga ko‘ra, bolaning o‘limi elektr jarohati, elektr toki yoyidan zaharlanish, o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o‘pka shishi, chap qo‘l kaft sohasi elektr tamg‘asi natijasida yuz bergan.

Dekabr oyida o‘quvchining vafot etishi ortidan maktab direktori va direktor o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, maktab direktori va direktor o‘rinbosari Jinoyat kodeksining 207 moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3 qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Ularga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan va 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 12:01 17.04.2024. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!