Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda tirik ilonlarni o‘ynayotgan ikki yoshli bolakay voqeasi tafsilotlari aniqlandi

Toshkentda tirik ilonlarni o‘ynayotgan ikki yoshli bolakay voqeasi tafsilotlari aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ota voyaga yetmagan ikki yoshli farzandiga tirik ilonlarni tutqazib, ularni bolasi bilan o‘ynayotgani” aks etgan videoxabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib, batafsil o‘rganish ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi.

Ohangaron tumani “Gushsoy” MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro F.N.Nurboyev 2022 yil iyun oyida o‘ziga tegishli bo‘lgan hovlida xashak o‘rish paytida sariq rangdagi ilonlarni tutib, uni 2 yoshli farzandiga berib o‘ynatadi hamda holatni tasvirga oladi. So‘ngra ilonlarni quyib yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro bilan suhbat davomida tabiat jonzotlariga ozor berish hamda voyaga yetmagan bola bilan bilan bunday salbiy voqeani kelgusida takrorlanmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Kiritildi: 10:29 10.01.2023. O'qildi: 5190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!