Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda “Spark” “Honda” motosiklini urib yubordi

Toshkentda “Spark” “Honda” motosiklini urib yubordi

2021 yil 24 mart kuni taxminan soat 11.10 da Yunusobod tumani Qo‘loqtepa ko‘chasidagi G‘ijduvon kafesi yonida ikkita transport vositalari: 28 yoshli Toshkent viloyatilik M.S. boshqaruvidagi “Spark” (davlat raqami 01 E 105 CB) va 33 yoshli A.CH. boshqaruvidagi “Honda” rusumli motosikl (davlat raqami 01 900 AA) to‘qnashuvi yuz berdi.
Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi orqaga burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan motosiklga yo‘l bermagan.
YTH natijasida motosikl haydovchisi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, tan shikastlari og‘irligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Kiritildi: 18:15 25.03.2021. O'qildi: 2177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!