Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ommaviy qabul bo‘lib o‘tadi!

Toshkentda qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ommaviy qabul bo‘lib o‘tadi!

Toshkent shahrida qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarda uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish, energetika sohalarida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish maqsadida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 5 noyabr kuni ommaviy qabul o‘tkaziladi.

Aholi bilan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minoti” AJ, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent shahar hokimiyati, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, “Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga byurtmachi xizmati” DUK, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Maxsustrans” ICHB DUK va boshqa qator idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.

Ommaviy qabul joriy yilning 5 noyabr kuni soat 10:00da Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” binosida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:31 04.11.2022. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!