Poytaxt hokimligidan ma’lum qilishlaricha, 22 dekabrdan 2020 yilning 8 yanvarigacha Toshkentdagi 14 ta maskanda Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bular:
▪️Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Hayatt Regency mehmonxonasining oldi maydonida;
▪️Shayxontohur tumanidagi «Anhor Lokomotiv» bog‘ida;
▪️Shayxontohur tumanidagi «Navro‘z» bog‘ida;
▪️Chilonzor tumani Al-Xorazmiy dahasidagi Roison Electronics korxonasi old maydonida;
▪️Yakkasaroy tumanidagi Pushkin maydonida;
▪️Bektemir tumanidagi Madaniyat va aholi dam olish markazining old tomonida;
▪️Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Bobur nomidagi «Ekopark» hududida;
▪️Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Central park hududida;
▪️Sergeli tumanidagi Green park hududida;
▪️Uchtepa tumanidagi «Farhod dehqon bozori»ning kichik xalqa yo‘lidagi turargohi hududida;
▪️Yunusobod tumanidagi Toshkent hayvonot bog‘i old maydonida;
▪️Yashnobod tumanidagi «Ashxobod» madaniyat va istirohat bog‘i hududida;
▪️Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida;
▪️Chilonzor tumanidagi «Humo arena» muz saroyining old maydonida.
Qo‘shimcha sifatida, bayram tadbirlari munosabati bilan shahar markazidagi ayrim ko‘chalar 10 yanvargacha yopiq bo‘ladi.