Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda pulli “parkovka“lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi

Toshkentda pulli “parkovka“lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt ko‘chalarida pulli to‘xtash joylarini boshqarish huquqi uchun savdolar o‘tkazmoqda. Boshlang‘ich ijara stavkasi yiliga 57,2 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, barcha tumanlarda ijaraga beriladigan maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bunga quyidagi ko‘chalarning qismlari kiradi:

— poytaxtning markaziy qismida (jumladan, Amir Temur xiyoboni, Movarounnahr, Istiqlol, Yahyo G‘ulomov, O‘zbekiston ovozi, Istiqbol, Sodiq Azimov, Taras Shevchenko, Shahrisabz, Yakkachinor, Shastri, Mahatma Gandi, Hamid Olimjon, Chexov va boshqa ko‘chalar);
— Uchtepa va Chilonzor tumanlarida (Kichik halqa avtomobil yo‘li, Farhod, Lutfiy, Cho‘ponota, Muqimiy, Qatortol, Chilonzor, Arnasoy, Yesenin, Beshqayrag‘och ko‘chalari);
— Sergeli va Yangihayot tumanlarida (Yangi Sergeli, Tursunzoda, Alaviya, Shokirariq, Islom Sattorov, Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa, Birodarlik ko‘chalari);
— Olmazor va Shayxontohur tumanlarida (Labzak, Sebzor, Gulobod, Forobiy, Beltepa, Qoraqamish, Qorasaroy, Shimoliy Olmazor ko‘chalari);
— Bektemir tumanida (Husayn Boyqaro ko‘chasi);
— Mirobod tumani (Yangi Qo‘yliq ko‘chasi);
— Yashnobod tumanida (Ohangaron yo‘li ko‘chasi, Quyi Talariq, Sives, Quruvchilar ko‘chalari).

Ijara muddati 3 yilni tashkil qiladi. Dastlabki ikki yil ichida ijarachi avtoturargohlarni jihozlash, parkomatlar va harakatni tashkil etish vositalarini o‘rnatish, shuningdek, kommunikasiya va aloqani amalga oshirish uchun kamida $5 mln sarmoya kiritishi kerak.

Avtoturargohdan tushgan tushumning kamida 1/12 qismi Toshkent shahar yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi kerak. Bundan tashqari, ijarachi avtoturargohlardan maqsadli va qonuniy foydalanish monitoringini ta’minlashi kerak.
Kiritildi: 02:11 14.11.2024. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!