Unga ko‘ra, pulli to‘xtab turish hududlariga yaqin joylarda yashovchi fuqarolar uchun rezident avtoturargoh ruxsatnomalari joriy etiladi.
Hujjat imzolangan kundan kuchga kiradi, ammo belgilangan tartib-qoidalar 2026 yil 1 fevraldan amal qila boshlaydi.
Rezident kim?
Rezident — pulli avtoturargoh hududi yoki unga tutash ko‘chalarda joylashgan uyda yashaydigan, ushbu uyga mulk huquqi (yoki ulushi) bo‘lgan shaxs.
Rezident ruxsatnomasi nima beradi?
Rezident ruxsatnomasi bo‘lsa: avtomobil soat 20:00 dan 08:00 gacha rezident zonasida bepul to‘xtab turadi;
08:00–20:00 oralig‘ida esa yillik to‘lov asosida to‘xtash mumkin. Bir xonadon uchun ko‘pi bilan 2 ta rezident ruxsatnomasi beriladi;
Ruxsatnoma 1 yilga amal qiladi;
Faqat bitta transport vositasi uchun beriladi;
Faqat o‘sha rezident yashaydigan mahalla va unga tutash ko‘chalarda amal qiladi;
Ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki yangilash ma’lum muddatlar asosida amalga oshiriladi.
Rezidentlar uchun yillik to‘lov tarif zonasiga bog‘liq:
1-tarif zonasi — 1 bazaviy hisoblash miqdori (1 BHM);
2–5 tarif zonalari uchun ham alohida miqdorlar belgilanadi (zonaga qarab). To‘lov bir marta qilinadi va yil davomida amal qiladi.