🔹Joriy yilning 1 sentyabr kuni soat 14:00 larda, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan 4P-15 "Qiziltog‘-Yangibozor" avtomobil yo‘lining 67-kilometrida haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.M. (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) "Vaz-2107" rusumli avtomobilda "Yangibozor-Parkent" yo‘nalishida harakatlanayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, chap tomonda bo‘lgan beton devorga urilgan.
🔹Natijada, haydovchi M.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
❗️Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
‼️Barcha ota-onalardan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini so‘raymiz.