Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar M.B va S.K. o‘zaro til biriktirib, pirotexnika buyumlarini o‘tkazish orqali noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.A.ga jami 2 400 quti “Miki maus”, 56 dona “7 Shots” nomli hamda 13 dona “Koralevskiy salyut” nomli pirotexnika buyumlarini 3 220 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida "Fayzabod" MFY hududidan o‘tuvchi Toshkent xalqa yo‘lida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.O., F.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 108 dona “7 Shots” nomli pirotexnika buyumlarini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.