Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi

Toshkentda pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi

22 yanvar kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.

Bu haqda universitet Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng ushbu talaba bilan aloqa qilganlar va fakultet hududidagi boshqa barcha talabalarga 14 kun davomida o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimini o‘tkazish tavsiyasi berilgan.

O‘quv binosining 4-qavatidan foydalanayotgan Rus tili va adabiyoti fakulteti hamda Xorijiy tillar fakultetida ham ushbu nazorat choralari joriy qilingan. Bunda offlayn tartibda ta’limga qaytgan Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakultetlarining barcha 1-kurs talabalari endilikda 14 kun davomida ta’limni masofaviy tartibda olishlari belgilangan.

Kiritildi: 21:22 23.01.2021. O'qildi: 3358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!