Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda maxsus quvurdan o‘sib chiqqan chinor saqlab qolindi

A A A
Toshkentda maxsus quvurdan o‘sib chiqqan chinor saqlab qolindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi mahalliy aholidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda hududdan oqib o‘tuvchi Oqtepa kanalidagi maxsus quvurdan chinor daraxti o‘sib chiqqani ma’lum qilingan.

Vazirlik mutaxassislari tomonidan holat voqea joyiga chiqib o‘rganildi. Nihol nobud bo‘lmasligi uchun qulay hududga ko‘chirib o‘tqazildi va ayni damda doimiy parvarish qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, daraxtlarni kesish, shikast yetkazish, tabiiy omillar natijasida zarar yetishi va boshqa holatlarga guvoh bo‘lsangiz, vazirlikning @ecogovuz_bot (https://t.me/ecogovuz_bot) telegram boti, (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 raqamlari hamda 1157 va 1207 qisqa raqamlariga murojaat qiling!

Kiritildi: 12:03 27.05.2024. O'qildi: 2307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!