«ATTO» kompaniyasi Toshkent transport boshqarmasi bilan birgalikda yo‘nalishli taksilarda transport kartalari va bank kartalari (Uzcard kobeydj, Humo, Humans, Visa, Mastercard, Mir, China Union Pay) orqali yo‘l haqi uchun to‘lov amalga oshirish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. Hozirda 27m, 34m, 68m, 52m, 110m, 135m yo‘nalishli taksilarda bu imkoniyat mavjud. Tez orada buni 63m, 171m, 11m, 92m, 111m, 191m, 31m, 11i, 19i, 18m, 166m, 41m sonli yo‘nalishlarda ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Keyingi yil mobaynida esa, poytaxtdagi barcha yo‘nalishli taksilarda ATTO tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilishni joriy etish rejalashtirilgan.