Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda maktab qo‘riqchisi va oshxona boshlig‘i janjallashdi

Toshkentda maktab qo‘riqchisi va oshxona boshlig‘i janjallashdi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida «Toshkent shahridagi maktab qo‘riqchisi va oshxona boshlig‘i janjallashishdi» sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Yuqoridagi voqea 2024 yil 10 may kuni soat taxminan 07:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi tashqarisida sodir bo‘lgan. Maktab oshxonachisi “AVGAYFAYZ” MCHJ xodimi N.A. va tuman Qo‘riqlash bo‘linmasi vakili, maktab qo‘riqchisi A.A. o‘rtasida maktab darvozasining qulf-kaliti uchun mojaro kelib chiqqan. Janjal oqibatida oshxonachi A.N. jarohatlangan.

Maktab qo‘riqchisi A.A. tuman Qo‘riqlash bo‘linmasi tomonidan boshqa ob’ektga ishga o‘tkazilgan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:29 15.05.2024. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!