Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda maktab elektrigi o‘quvchining o‘limiga sababchi bo‘ldi

A A A
Toshkentda maktab elektrigi o‘quvchining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkent shahri Yunusobod tumani ochiq sud majlisida tumandagi 2-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabi elektrigi Bahodir Rametov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) ishi ko‘rildi.

U maktabda elektr xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan shaxs sifatida suzish basseyniga o‘rnatilgan havo nam ligini quritib va isitib beruvchi CHKA WAI elektr qurilmasini normativ tarzda belgilab qo‘yilgan qoidalarga mos va ularga rioya qilgan holda texnik ekspluatasiya qilishga javobgar bo‘lsa-da, vazifasiga nisbatan beparvo munosabatda bo‘lgan. Ya’ni elektr qurilmasining tashqi qobiq qismidan yerga ulanish ishlari bajarilmagani natijasida qurilmaga keladigan elektr toki tashqi hududga tarqalib, suzish basseynida mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi o‘smirlar hayotiga xavf soluvchi manbaga aylangan. Bu esa bir insonning hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Huquq nashri xabar qilmoqda.

Sport maktabining suzish basseynida shug‘ullanayotgan maktabning 11 yoshli o‘quvchisi Jamshid Yunusov basseyndan chiqib, elektr qurilmasining oldiga kelganida suzishda foydalanadigan ko‘ z oynagi yerga tushib, sirpanib, qurilmaning tagiga kirib ketadi. O‘smir yigitcha elektr qurilmasi ostidan ko‘z oynagini olmoqchi bo‘lganida uni elektr toki urib, ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramasdan, shu yerning o‘zida vafot etdi.

Bahodir Rametov O‘z bekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi JKning 72-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.

Kiritildi: 09:38 11.04.2019. O'qildi: 2041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik