Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda ko‘p qavatli uyning xonadonlarini poylagan erkak qamaldi

Toshkentda ko‘p qavatli uyning xonadonlarini poylagan erkak qamaldi

2020 yili o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro joriy yilning 21 may kuni noma’lum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida xonadon eshiklarini birma-bir tortib, tashqaridan turib xonadon ichkarisini eshitayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati'ga tayanib, UzNews.uz xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 2 may kuni A.B. ismli shaxs tungi soat 02:30 atrofida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli 142-uyning xonadonlariga ko‘z tirqishlari orqali qarab, ushbu xonadonlarni eshitib turish orqali kuzatib yurganligi natijasida xonadonda yashovchilarni qo‘rqitib, ularning tinchligini buzgan.

Mazkur holat bo‘yicha u IIB binosiga taklif qilinganida, idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 23 may kuni MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan ayblanayotgan A.B.ga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tuman sudida sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi MJtKning 183-moddasiga asosan 5 sutka qamaldi. MJtKning 194-moddasiga asosan esa BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Kiritildi: 15:21 24.05.2024. O'qildi: 2021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!