Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda katta yuk ko‘tarish krani qulab tushdi

Toshkentda katta yuk ko‘tarish krani qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yangi qurilayotgan uylardan birining qurilishida kran qulab tushgani haqida video tarqaldi.

Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 19 noyabr kuni taxminan soat 11:20 larda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Choshtepa ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoning qurilish jarayonida foydalanish uchun o‘rnatilayotgan yuk ko‘tarish krani qulab tushgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari va tegishli tashkilotlar mas’ullari yetib borgan. Hozirda vaziyat tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 20:00 19.11.2022. O'qildi: 3045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!