Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda jinoyatchi aniqlanib, qo‘lga olindi

A A A
Toshkentda jinoyatchi aniqlanib, qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida shu yil 7 noyabr kuni noma’lum shaxs G‘azalkent shahrida yashovchi B.O. (ismli ayol)ni uyiga orqa tomonda ochiq qoldirilgan eshik orqali kirib, xonadondan “Samsung” mobil telefoni va 200 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni G‘azalkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan E.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Kiritildi: 17:08 18.11.2018. O'qildi: 1415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik