Toshkent shahrida isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati ketma-ket 5 kunlik davrda 8 darajadan past bo‘lgan paytdan boshlanadi. Bu haqida Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Qayd etilishicha, Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotlariga asosan Toshkent shahar hokimining tegishli qarori chiqishi bilan isitish ta’minoti yoqiladi.
Hukumatning 15.07.2014 yildagi 194-sonli «Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror bunga asos bo‘ladi.
«Isitish davri yoqilishining aniq sanasi ma’lum bo‘lishi bilan biz rasmiy xabar beramiz», deyiladi xabarda.