Bugun 10 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda ikkita ko‘cha vaqtincha yopiladi

Toshkentda ikkita ko‘cha vaqtincha yopiladi

Bu haqida shahar hokimligi xabar berdi.Toshkentda ikkita ko‘cha vaqtincha yopiladi

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Asaka» ko‘chasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari sababli kommunal tarmoqlarni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli «Asaka» ko‘chasining Parkent-2 tor ko‘chasi kirish qismidan Maxatma Gandi ko‘chasiga qadar qismida avtoulovlar harakati 10 oktyabr soat 17:00 ga qadar vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, Mirzakalon Ismoiliy ko‘chasining «Asaka» ko‘chasi bilan kesishmasi vaqtincha yopilgan.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Kiritildi: 23:42 09.10.2024. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!