Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi

A A A
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida kuchli shamol avtomashinani ustiga qulagani haqida xabar tarqalmoqda.

Daraxt qulashi oqibatida insonlarga shikast yetmagan. Ikkita «Cobalt» rusumidagi avtomashinalar zarar ko‘rgan.

Hozirda hodisa joyida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bartaraf etish ishlarini olib borishmoqda.

Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmaslik so‘raldi.

Favqulodda holatlarda 1050 va 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Kiritildi: 05:30 30.04.2025. O'qildi: 3313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik