Toshkentda 8 noyabr kuni soat 18:00 larda Chilonzor tumanidagi Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari kesishmasida uch avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, "VAZ-2107" avtomashinasini boshqarib kelayotgan 27 yoshli Nurgali R. chorrahada «Spark»ni boshqarib kelayotgan 32 yoshli Saida I.ni o‘tkazib yubormagan. Uning natajasida "Spark" 46 yoshli Malika T. boshqaruvidagi "Toyota"ga borib urilgan. YTH natijasida hech kim jarohatlanmagan.