Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda ginekolog nomidan soxta maslahat bergan yigit jazolandi

Toshkentda ginekolog nomidan soxta maslahat bergan yigit jazolandi

29 yoshli yigit Telegramda ayol ginekolog shifokor nomi va suratidan foydalanib, soxta profil ochgan va ayollarga onlayn tarzda “pullik” maslahatlar berib kelgani aniqlandi.

Uning maslahatlari noto‘g‘ri bo‘lgani, shuningdek, haqiqiy shifokorning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgani ma’lum qilindi.

Sud jarayonida u qilmishini tan olib, pushaymonligini bildirgan va yengillik so‘ragan.

⚖️ Sud qaroriga ko‘ra, yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi 1-qismi (boshqa shaxsning nomidan soxta ma’lumot tarqatish) bilan aybdor deb topildi va jazoga tortildi.

Kiritildi: 14:35 12.07.2025. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!