Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda erkak uch nafar keksa ayolning o‘limiga sabab bo‘ldi (FOTO)

Toshkentda erkak uch nafar keksa ayolning o‘limiga sabab bo‘ldi (FOTO)

16 fevral kuni soat 7.30 larda, Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasida, 10 Z127HA davlat raqami raqamli VAZ-2106 rusumli avtomashinaning 42 yoshli haydovchisi yo‘l bo‘yidagi 171-sonli uy bilan to‘qnashdi, - deyiladi shahar IIBB xabarida.

YTH sodir etgan VAZ-2106 rusumli avtomashina

 

YTH sodir etgan VAZ-2106 rusumli avtomashinaning yonida turgan 61 yoshli R. D., 77 yoshli I.S. va 60 yoshli N.M. ayolarni, davlat raqami 10 O885JA  bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarayotgan 50 yoshli Ravshan S tomonidan urib yuborilgan.

Lasetti avtomashinasi

 

YTH natijasida I. S. va N. M. voqea sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Uchinchi ayol jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar urinishlariga qaramay u ham vafot etgan.

Dastlabki tafsilotlar bo‘yicha, VAZ-2106 avtomashinasi tomonidan sodir bo‘lgan YTH hamda Lasetti avtomobili bilan ayollarning to‘qnashuvi sabablari, erta tongda yo‘lning ayrim qismlarida muzlik hosil bo‘lgan va haydovchilar boshqaruvni yo‘qotishgan. Voqea sodir bo‘lgan yo‘l uchastkasida kichik qiyalik bo‘lib, katta ehtimol bilan haydovchilar tezlikni pasaytirmaganliklari sabab bo‘lgan.

VAZ-2106 rusumli avtomashinaning haydovchisi jiddiy jarohat olmagan.

Kiritildi: 10:50 17.02.2020. O'qildi: 4257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!