Inson ba’zida bilib-bilmay qilgan noto‘g‘ri harakatidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa, ikkinchi marta bunday ishga qo‘l urmaydi. Yana tag‘in kim biladi deysiz, buni, albatta, vaqt ko‘rsatadi.
Poytaxtimizning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Shokir Sharipov (voqea ishtirokchilarining ism-shariflari o‘zgartirildi) ham o‘zganing mulkiga tajovuz qilib, hozirda qonun oldida javob bermoqda.
Ya’ni u, hamshahari Nasiba Toshmatovaning 700 ming so‘m miqdoridagi pullarini kuch ishlatish yo‘li bilan olib qo‘yib, voqea joyidan juftakni rostlaydi. Ammo, ichki ishlar organlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida, bu kimsa darhol qo‘lga olinib, endilikda uyatdan bosh egib, afsus-nadomat chekmoqda. Nima bo‘lganda ham uning pushaymoni rostmikan?