Toshkentda cho‘kayotgan qizni qutqarib, halok bo‘lgan fuqaro “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Davlat rahbari marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Bugun prezident marhum Abdumannop Samiqovni “Jasorat” medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.