Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan avtobus YTH sodir etdi

Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan avtobus YTH sodir etdi

King Long haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus yo‘l chetidagi ko‘chat sotiladigan joyga kirib ketgan.

Toshkent shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2024 yil 11 noyabr kuni soat 06:00 larda “18-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi King Long rusumli, 121-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus bilan sodir bo‘lgan.

Avtobus Xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasining Uchtepa tumani Beltepa mazvesi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketgan.

Oqibatda 1 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Avtobus texnik shikastlangan.

Surishtiruvlarda YTH avtobus haydovchisi aybi bilan sodir etilgan deb topilgan. Avtobusga yetkazilgan moddiy zararni qoplash haydovchi zimmasiga yuklangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:31 12.11.2024. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!