Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda banklardan birining mutaxassisi 12 ming dollarni sotayotgan vaqtida ushlandi

Toshkentda banklardan birining mutaxassisi 12 ming dollarni sotayotgan vaqtida ushlandi

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan fuqaro S.A.ning arizasiga asosan XTB “Davr bank” amaliyot boshqarmasi oldida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Mazkur bankning 1-toifali mutaxassisi D.T. Z.A. bilan o‘zaro oldindan til biriktirib, Z.A. istiqomat qilayotgan yashash manzilida noqonuniy chet el valyuta oldi-sottisi faoliyatini amalga oshirishda “yama” sifatida foydalanib kelingan xonadondan 12.000 AQSh dollarini bank oldiga olib kelib, har bir AQSh dollarini 7.990 so‘mdan hisoblab, S.A.ga 95,8 mln. so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtda ushlanib, ulardan 12.000 AQSh dollari olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.T va Z.A.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kiritildi: 11:24 19.09.2018. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!