2024 yilning 29-30-oktabr kunlari «InterContinental Tashkent» mehmonxonasida Turizm qo‘mitasi ko‘magida «Tashkent Travel Mart-2024» xalqaro B2B sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir mintaqada biznes aloqalarini o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashish uchun asosiy platformaga aylanadi.
Tadbir Markaziy Osiyo, Misr, BAA, Malayziya, Gruziya, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlardan 60 dan ortiq turistik kompaniyalarni to‘plab, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonning turizm bozorlaridan 600 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi.
O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari assosiasiyasi (XTTA) tomonidan o‘tkazilayotgan TTM-2024 doirasida B2B formatida «TRAVELHUB Uzbekistan» konferensiyasi va ishbilarmonlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi, unda butun dunyo sayyohlik kompaniyalari qo‘shma loyihalarni va biznesni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ko‘rib chiqadilar.