Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida 26 iyul kuni soat 21:00larda 19 yoshli I.M. mast holda tanishi 41 yoshli G.T. ismli ayolning uyida shovqin ko‘tarib, eshik-derazalarining oynasini sindirayotgan vaqtida uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan shu uyda tamirlash ishlarini olib borayotgan Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 32 yoshli A.X. bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlarini urib tan jarohati yetkazganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.