Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda avtobus piyodani bosib ketdi. Erkak voqea joyida halok bo‘ldi

A A A
Toshkentda avtobus piyodani bosib ketdi. Erkak voqea joyida halok bo‘ldi

Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 19:50 larda, "8-Avtobus saroyi" tasarrufidagi saroy raqami 321 bo‘lgan, Isuzu rusumli, avtobus haydovchisi O.B (1964-yilda tug‘ilgan, ish staji - 35 yil) 43-sonli yo‘nalishda avtobusni Usta Shirin ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotib, Jomiy qurilish bozori oldidagi svetoforda to‘xtash uchun sekinlashayotgan vaqtida, yo‘l qatnov qismining birinchi bo‘lagi (polosa) da harakatlanayotgan piyoda to‘satdan avtobus tomonga muvozanatini yo‘qotib yiqilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan (Ushbu holat aks etgan video avtobusning orqasida harakatlanib ketayotgan avtomobilning videoregistratoridan olindi). Natijada piyoda voqea joyida vafot etgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra piyoda mast holatda bo‘lgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda. "Toshshahartransxizmat" AJning Harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkaziladi.

Kiritildi: 11:15 07.01.2022. O'qildi: 3022 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!