Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda avtobus Malibu bilan to‘qnashdi

Toshkentda avtobus Malibu bilan to‘qnashdi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda avtobus va Malibu ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ma’lum qilinishicha, 25 fevral kuni “Toshshahartransxizmat” AJning 18-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan King Long rusumli avtobus va Malibu rusumli avtotransport vositasi ishtirokida mayda to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

382-raqamli avtobus soat 11:30 larda Bobur ko‘chasidagi avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakda ketayotganda, to‘xtab turgan Malibu haydovchisi old eshikni ochib yuborgan.

Hodisa oqibatida hech kimga, shuningdek, avtobusga ham zarar yetmagan.

Kiritildi: 22:20 25.02.2024. O'qildi: 1300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!