🗓 Ertaga, 12 aprel kuni poytaxtimizdagi “Trilliant Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi transformasiyasi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
🏥 Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda Xitoy, AQSH, Rossiya Federasiyasi, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatlarning yurtimizdagi diplomatik korpus vakillari va investorlari, O‘zbekiston bozoriga sarmoya kiritish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish istagida bo‘lgan xalqaro donorlar hamda mahalliy 200 dan ortiq yirik tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
(https://telegra.ph/file/f95b3de6c182df9745b99.png)📌 Forum davomida mamlakatimiz tibbiyotini to‘liq transformasiya qilishga qaratilgan xorijiy investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha qator xalqaro memorandumlar imzolanadi.
❗️ Fursatdan foydalanib, barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini mazkur xalqaro anjumanga taklif etamiz.