Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

​​​​​​​Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi

​​​​​​​Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi

Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yaqinida yong‘in yuz berdi.

Toshkent xalqaro aeroporti ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 11:20da aerport vokzal oldi maydonida “Terminal” kafesida yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan.

​​​​​​​Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi

Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 5 kvadrat metr maydonga zarar yetgan.

Qayd etilishicha, yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan.

Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

Kiritildi: 16:41 06.07.2024. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!