Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda

Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda

Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Germaniya yer tadqiqotlari ilmiy markazi hamda Yashil Markaziy Osiyo tashabbusi loyihalari asosida Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik Paxtakor muzligiga navbatdagi ekspedisiya (https://nigmi.uz/research_results/paxtakor-muzligiga-ekspeditsiya/)amalga oshirildi. Bu haqida Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti xabar bermoqda.

Esingizda bo‘lsa, Paxtakor muzligiga dastlabki ekspedisiya o‘tgan 2023 yil yozida amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda tadqiqotchilar muzlik tiliga 3 metrli qoziq burg‘ilab o‘rnatib kelishgan edi. Joriy ekspedisiyada esa qoziq muzlikdan ajralib qolgan. Chunki, muzlik bir yil ichida 20 metr ortga chekinib, muz tili 3 metrgacha erib tugagan. Tadqiqotchilar qimmatli meteostansiya ma’lumotlarini olishdi

Paxtakor muzligi — Toshkent viloyatining borish qiyin bo‘lgan Oygaing qor ko‘chki meteorologik stansiyasidan (bu ob’ektdan keyin hech qanday bino ob’ekti mavjud emas) naqd 35 km uzoqda, viqorli tog‘lar orasida yastangan bo‘lib, muzlikka ekspedisiya a’zolari naqd 2 sutkada piyoda yetib borishgan

Kiritildi: 10:28 24.08.2024. O'qildi: 25312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!