Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

A A A
Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

FVV xabariga ko‘ra, bugun, 11-iyul kuni soat 14:00 lar atrofida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakchi bo‘limlari hududida yong‘in sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni o‘rmonning 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududni tashkil etadi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari yetib borgan. Shuningdek, yong‘inni bartaraf etishga Mudofaa, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari hamda boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning kuch va vositalari ham jalb etilgan.

Yaqin vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu yong‘inni o‘chirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi. Vaziyat to‘liq nazorat ostida, deyiladi rasmiy xabarda.

Kiritildi: 03:36 12.07.2023. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!