Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlari hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi. Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 1 milliard 500 million so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi.

Kiritildi: 18:12 29.04.2024. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!