2018 yil 19 may kuni soat 18:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida mavsumiy ishchi K. yakka tartibdagi tadbirkor YU. ning uyida, o‘rtalaridagi kelishmovchilik oqibatida ov miltig‘i bilan unga o‘q uzgan.
YU. ning faol qarshiligi tufayli K. jinoiy qilmishini yakuniga yetkaza olmagan va hodisa joyidan qochib yashiringan. Bu haqida Bosh prokuratura xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi K. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) va 248-moddasi 1-qismi (o‘q-otar qurolga noqonuniy egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.