Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida odam o‘g‘irlab, pistolet bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgan jinoiy guruh ushlandi

Toshkent viloyatida odam o‘g‘irlab, pistolet bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgan jinoiy guruh ushlandi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchini Meksika orqali AQShga yuborishni aytib undan $36 ming olgan. Biroq AQShga bormoqchi bo‘lgan shaxs manziliga yetib bormagan va gumonlanuvchidan pullarini qaytarishini talab qilgan.

IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan bosqinchilik va odam o‘g‘irlash jinoyatlarini rejalashtirgan uyushgan jinoiy guruhning harakatlariga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda IIV Matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, 1988 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan shaxs 2001 yilda tug‘ilgan fuqaroni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yuborishni va’da qilib, undan 36 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan. Biroq Meksika orqali AQShga o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro chegara xizmati tomonidan qo‘lga olinib O‘zbekistonga deportasiya qilingan. Shundan so‘ng u sarflangan pullarini qaytarishni talab qilib, 18 ming AQSh dollarini oladi.

Uddaburon tadbirkor mijozining bu harakatlaridan keyin unga nisbatan adovati uyg‘onib, Toshkent shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, Meksikadan qaytgan fuqaroni o‘g‘irlab undan pul talab qilishni rejalashtiradi.

IIV tezkor qidiruv departamenti Jinoyat-qidiruv xizmati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yuqorichirchiq tumanidagi dalahovliga o‘g‘irlab kelingan shaxsni va buyurtmani bajarish uchun talab qilingan pullarni qabul qilib olgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi.Ulardan maxsus ishlov berilgan pullar va qo‘rqitish uchun saqlab kelingan metalldan yasalgan soxta pistolet ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan JKning 164-moddasi 2-qismi "b" bandi,(bosqinchilik) va 137-moddasi 2-qismi "b" bandi (odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda IIV Tergov departamenti tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:16 29.03.2024. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!